21 Fevral 2026
83
2026-yildagi asosiy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrib chiqildi
Bugun Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati ishtirokida 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda oldinda turgan kompleks musobaqalar, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” va “Prezident Olimpiadasi” musobaqalariga tayyorgarlik jarayoni koʻrib chiqildi. Uchrashuvda milliy terma jamoalarning tayyorgarlik jarayonlari, xalqaro musobaqalar taqvimi, sport infratuzilmasidan samarali foydalanish, hududlarda “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” bahslarini yuqori saviyada tashkil etish, saralash bosqichlarini tizimli yo‘lga qo‘yish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.