18 Mart 2026 102

Toshkent viloyatida ommaviy sport rivojini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi

Yangiyoʻl shahrida Toshkent viloyati hokimi, Sport vazirligi hamda MOQ rahbariyati ishtirokida viloyatda ommaviy sportni yanada rivojlantirish va aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida jismoniy faollikni oshirish mavzusida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida maktab va oliy taʼlim muassasalarining oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli ravishda tashkil etish, ularning sportga qiziqishini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralab olish hamda yuqori natijalarga yoʻnaltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda “Besh tashabbus Olimpiadasi”, “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari”, “Yangi Oʻzbekiston talabalar Olimpiadasi” va boshqa ommaviy sport musobaqalarini tashkiliy etish bilan bogʻliq masalalar ham koʻrib chiqildi.

Shuningdek, hududlarda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish, musobaqalar geografiyasini kengaytirish va ommaviy sport tadbirlarini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Text to speech