23 Aprel 2026 238

“Mikrokreditbank” bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida “Mikrokreditbank” rahbariyati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz Olimpiya harakatiga homiylik mablag‘larini jalb etish hamda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralarda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda bank boshqaruv kengashi raisining o‘rinbosari Ikrom Jumaniyozov ishtirok etdi.

Rasmiylar mazkur yo‘nalishdagi ishlar davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarga muvofiq olib borilayotganini ta’kidlashdi. Unda sport sohasida biznes hamjamiyati bilan hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy marketing mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirish va keyingi amaliy qadamlar mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha ogʻzaki kelishuvga erishdi.

Text to speech