Antidoping boʻyicha oʻtgan forumlar yakuni muhokama qilindi
Toshkentda oʻtkazilgan nufuzli xalqaro sport tadbirlari oʻz yakuniga yetdi. Shu munosabat bilan bugun antidoping yoʻnalishida tashkil etilgan forumlar yakunlari hamda ular doirasida bildirilgan taklif va xulosalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmanov boshchiligida oʻtgan tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari, Milliy antidoping agentligi hamda sport federatsiyalari rahbariyati ishtirok etdi.
Yigʻilishda antidoping tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish va tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, sportchilarning soha boʻyicha savodxonligini oshirish boʻyicha muhim koʻrsatmalar berildi.