26 Aprel 2026 974

Yosh merganlarimiz Jahon kubogida 3 ta medalga sazovor boʻlishdi

Misr poytaxti Qohira shahrida oʻq otish sporti boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilar 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

🥇 Oltin medal:
Javohir Sohibov (pnevmatik miltiqdan otish, 10 metr)

🥈 Kumush medal:
Sodiqjon Abdullayev (pnevmatik toʻpponchadan otish, 10 metr)

🥉 Bronza medal:
Nikita Sokolov (pnevmatik miltiqdan 3 xil holatda otish, 50 metr)

Text to speech