3 Mart 2026
46
Yosh xokkeychilarimiz jahon chempionatini yirik hisobdagi gʻalabalar bilan boshlashdi
Gonkongda xokkey boʻyicha U18 yosh toifasidagi jahon chempionati III divizion “A” guruhidan oʻrin olgan bellashuvlar oʻtkazilmoqda. Unda qatnashayotgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi 2 ta yirik gʻalabaga erishdi.
Dastlab mezbonlarni 6:2 hisobida magʻlub etgan yigitlarimiz 2-turda Yangi Zelandiyani 13:2 hisobida dogʻda qoldirishdi. Hozirda hamyurtlarimiz 6 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda.