16 Yanvar 2026 107

Milliy antidoping agentligi sportchilar bilan profilaktik uchrashuvlar oʻtkazmoqda

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligining masʼul xodimlari yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrayotgan sportchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda. Ushbu tadbirlarda koʻzlangan asosiy maqsad atletlar oʻrtasida dopingga qarshi kurashni kuchaytirish boʻlib, mutaxassislar sportchilarga doping qoidalarini buzishning salbiy oqibatlari, halol va shaffov sport haqida batafsil tushuntirish bermoqda.

Shuningdek, suhbatlar davomida Butunjahon antidoping agentligi tomonidan 2026-yil uchun yangilangan taqiqlangan tibbiyot vositalari roʻyxati hamda ularning tarkibi yuzasidan atletlarga atroflicha maʼlumotlar taqdim etilmoqda.

Text to speech