8 Fevral 2026
8
Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida navbatdagi medalga sazovor boʻlishdi
Saudiya Arabistonida oʻtayotgan veloshosse boʻyicha Osiyo chempionatida yana bir medal. Ayollar oʻrtasida kechgan guruh poygasi dasturida Nafosat Koziyeva kumush medalni qoʻlga kiritdi.
109,2 km masofaga kechgan poygada sportchimiz marra chizigʻini ikkinchi boʻlib kesib oʻtdi. Qayd etish joiz, ushbu poygada hamyurtlarimizdan Yanina Kuskova 4-natijani koʻrsatdi.