5 Fevral 2026
55
Velosportchilarimiz Osiyo chempionatini bronza medali bilan boshlashdi
Saudiya Arabistonida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda. Bugun musobaqa Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga ega chiqdi.
Qizlar oʻrtasida U23 yosh toifasida kechgan bellashuvlarda Asal Rizayeva bronza medalini qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz ushbu muvaffaqiyatga yakkalik ta’qib poygasi dasturida erishdi.