15 Yanvar 2026
175
Tennischilarimiz Avstraliya ochiq chempionatidagi raqiblarini bilib olishdi
Tennis boʻyicha joriy yilning dastlabki “Katta dubulgʻa” turniri – Avstraliya ochiq chempionatining asosiy davrasiga qurʼa tashlandi. Unga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasining 2 nafar aʼzosi Kamilla Rahimova hamda Polina Kudermetova dastlabki bosqichda quyidagi raqiblarga qarshi kortga chiqishadi:
Kamilla Rahimova – Kori Gauff (AQSh)
Polina Kudermetova – Guyomar De Reales (Ispaniya)
Qayd etish joiz, K.Gauff dunyoning uchinchi raqamli tennischisi hisoblanadi. Uchrashuvlar 18-yanvar kuniga belgilangan.