4 Fevral 2026
69
Merganlarimiz Osiyo chempionatini 2 ta oltin medal bilan boshlashdi
Shu kunlarda Hindistonning Nyu-Dehli shahrida oʻq otish sporti boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi bugun 2 ta oltin medalga sazovor boʻldi.
10 metrdan pnevmatik toʻpponchadan otish boʻyicha yakkalik bahslarida Vladimir Svechnikov qit’amizda tengsiz ekanini koʻrsatdi. Shuningdek, finalda mezbonlarni magʻlub etgan yigitlarimiz ayni shu yoʻnalishning jamoaviy dasturida ham oltin medalga sazovor boʻlishdi.