5 Fevral 2026
61
Hamyurtlarimiz Osiyo chempionatida qit’a va jahon rekordini yangilashdi
Hindistonda oʻtayotgan oʻq otish sporti boʻyicha Osiyo chempionatidan yana bir xushxabar. Pnevmatik toʻpponchadan 10 metrdan otish boʻyicha kechgan miskt dasturida hamyurtlarimiz Muhammad Kamalov va Nigina Saidqulova oltin medalga sazovor boʻlishdi.
Yanada ahamiyatlisi, yurtdoshlarimiz bellashuvlarda 481.3 ball jamgʻarib, mazkur yoʻnalishdagi Osiyo va jahon rekordini yangilashga erishdilar.