14 Aprel 2026 96

Regbichilarimiz Malayziyadagi xalqaro turnirda sovrindor boʻlishdi

Malayziyada regbi-7 boʻyicha “Borneo Sevens” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Turnirda 8 ta erkaklar va 6 ta ayollar jamoalari ishtirok etdi. Bellashuvlarda finalgacha yetib borgan qizlarimiz yakunda kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, yigitlarimiz bronza medallariga egalik qilishdi.

Text to speech