8 Mart 2026
141
Yosh xokkeychilarimiz jahon chempionatida III divizion gʻolibiga aylanishdi
Xokkey boʻyicha Oʻzbekiston U18 terma jamoasi Gonkongda tashkil etilgan jahon chempionati III divizion “A” guruhi gʻolibi boʻldi. Musobaqada magʻlubiyatsiz ishtirok etgan yigitlarimiz soʻnggi turda Isroil ustidan 6:3 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Ushbu muvaffaqiyat jamoamizga kelasi yil II divizionning “B” guruhida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.