9 Aprel 2026
113
Keunimjayeva hamda Esenbayeva Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritishdi
Bishkek shahrida (Qirgʻiz Respublikasi) oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatining bugungi kunida ham Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari shohsupaga koʻtarilishdi. Ayollar kurashi boʻyicha tashkil etilgan bellashuvlarda ikki nafar qizimiz bronza medaliga ega chiqishdi.
-50 kg vazn toifasidagi bahslarda Aktenge Keunimjayeva shri-lankalik Nipuni Pedigeni, -59 kg vaznda esa Ulmeken Esenbayeva mezbon Sezim Jumanazarovani magʻlubiyatga uchratib, sovrindorlar qatoridan oʻrin oldilar.