21 Aprel 2026
52
Eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionatida qatnashishadi
24-26-aprel kunlari Xitoyning Xefey shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Qitʼamizning eng kuchli eshkak eshuvchilari jam boʻladigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi.
Ayni paytda sportchilarimiz Xefey shahriga yetib borishdi va musobaqa oldidan soʻnggi tayyorgarlik jarayonini olib borishmoqda. Bellashuvlarda jami 23 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi.