5 Mart 2026 159

Gimnastikachilarimiz Jahon kubogi bosqichida qatnashishadi

Bugun Ozarbayjonning Boku shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oladi. 8-martga qadar davom etadigan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etadi.

Mamlakat gimnastika federatsiyasining maʼlum qilishicha, bellashuvlarda quyidagi sportchilarimiz medallar uchun kurash olib borishadi: Abdulaziz Mirvaliyev, Humoyun Islomov, Rasuljon Abdurahimov, Oksana Chusovitina.

Text to speech