17 Aprel 2026
100
Dzyudochilarimiz bugungi bahslarni 2 ta medal bilan yakunlashdi
Xitoyning Ordos shahrida dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari oʻz yakuniga yetdi. Bugungi bellashuvlarda sportchilarimiz 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Har ikki medalni -70 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchilarimiz keltirishdi.
🥈 Kumush medal:
-70 kg: Shirinjon Yoʻldosheva
🥉 Bronza medal:
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva