11 Mart 2026 52

"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan iqtidorli sportchi-yoshlarni eng quyi bo‘g‘indan boshlab saralash maqsadida o‘tkazib kelinayotgan uch bosqichli "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining 2026-yilgi mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlariga start berildi.

🤼‍♂️ Bellashuvlar sportning 21 turi bo‘yicha o‘tkaziladi;

👥 Musobaqalarda 13–14 yosh toifasidagi sportchilar ishtirok etishlari mumkin;

🏃‍♂️ Musobaqalar 3 bosqichda tashkil etiladi:
1️⃣ Tuman (shahar) hokimi Olimpiadasi,
2️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va viloyatlar hokimlari Olimpiadasi,
3️⃣ Prezident Olimpiadasi.

💬 Bellashuvlarda ishtirok etish uchun erp.sport.uz platformasi orqali ariza beriladi.

⏺️ Sport turlari bo‘yicha musobaqalarning 1-bosqichi o‘tkazilish muddatlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:

Text to speech