28 Fevral 2026
42
Murodjon Yoʻldoshev “Katta dubulgʻa” turnirlaridagi toʻrtinchi medaliga ega chiqdi
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda oʻtayotgan “Katta dubulgʻa” turnirida yana bir medalga ega chiqdi. Mazkur medalni -81 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz Murodjon Yoʻldoshev keltirdi. Bronza medali uchun bahsda boshqa bir sportchimiz Arslon Tojiyev ustidan gʻalabaga erishgan Murodjon shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.