9 Aprel 2026
154
Morinari Vatanabe Toshkentga yetib keldi
10-12-aprel kunlari Toshkent badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi. Biroz avval ushbu musobaqaning faxriy mehmoni, Xalqaro gimnastika federatsiyasi Prezidenti Morinari Vatanabe Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.
Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati kutib oldi.