17 Aprel 2026 113

Mohidil Oʻktamjonova hamda Asadbek Samandarov jahon chempionligini qoʻlga kiritishdi

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati yakuniga yetmoqda. Musobaqaning bugungi kunini sportchilarimiz 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, yuqori natijalar bilan yakunlashdi.

Dastlab, qizlar oʻrtasida -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mohidil Oʻktamjonova finalda italiyalik Sofiya Frassikani magʻlubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor boʻldi.

Shuningdek, yigitlar oʻrtasidagi -51 kg vazn toifasining chempionlik jangida Asadbek Samandarov tunislik Malek Mokradan ustun keldi.

Text to speech