27 Dekabr 2025 901

“Milliy sport mukofoti-2025”da munosiblar taqdirlanishdi

Poytaxtimizda “Milliy sport mukofoti-2025” tantanali taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Tantanali tadbirda yil davomida yuqori natija qayd etgan mutaxassislar, sportchi va murabbiylarga sovrinlar topshirildi. Toʻliq roʻyxat bilan tanishing:

— “Yil kashfiyoti” (yigitlar)
Najmiddin Qosimhojiyev (taekvondo)

— “Yil kashfiyoti” (qizlar)
Dilavroʻz Boltaboyeva (dzyudo)

— “Paralimpiya yoʻnalishida yil kashfiyoti”
Mahdiya Muxtorova (para suzish)

— “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi”
Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi)

— “Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi”
Xusniya Olimjonova (para yengil atletika)

— “Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi”
Sambo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi

— “Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi sportchisi”
Gulshanoy Alimardonova (karate)

— “Olimpizm va sport targʻiboti yoʻlidagi uzoq yillik xizmatlari uchun”
Rihsitilla Umarov (faxriy jurnalist)

— “Yilning eng yaxshi sport fotomuxbiri”
Abdullo Fayzullayev (MOQ)

— “Yilning eng yaxshi sport jurnalisti”
Shafoat Tolibjonova (“Sport” telekanali)

— “Yilning eng faol sport targʻibotchisi”
Abdurahmon Fozilov (bloger)

— “Yilning eng esda qolarli mimikasi”
Neʼmatulloh Rustamjonov (futbol)

— “Yilning eng yaxshi sport shifokori”
Tatyana Taralyova (RSTIAM)

— “Yilning eng yaxshi hakami”
Dilorom Turdiqulova (qilichbozlik)

— “Muxlislar mehrini qozongan murabbiy”
Islom Ismoilov (futbol)

— “Muxlislar mehrini qozongan sportchi”
Javohir Sindarov (shaxmat)

— “Muxlislar mehrini qozongan parasportchi”
Madina Muxtorova (para yengil atletika)

— “Yuksalayotgan federatsiya”
Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi

— “Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi”
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi

— “Hududlarda sport turini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun”
Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi

— “Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi”
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

— “Yilning eng yaxshi terma jamoasi”
Boks boʻyicha erkaklar terma jamoasi

— “Yilning eng yaxshi para terma jamoasi”
Para pauerlifting boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi

— “Yilning eng yaxshi murabbiyi”
Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi)

— “Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi”
Sardor Abduxalikov (para yengil atletika)

— “Xalqaro sport tashkilotlarida eʼtirof etilgan Oʻzbekiston vakili”
Shahnoza Mirziyoyeva (World Aquatics Ijroiya qoʻmitasi byurosi a’zo)

— “Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi”
Uljon Amriyeva (para dzyudo)

— “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi”
Navbahor Hamidova (boks)

— “Yilning eng yorqin tadbiri”
Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Bosh assambleyasi va “FIA AWARDS” taqdirlash marosimi

— “Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi”
Yegor Bolotov (para suzish)

— “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi”
Akbar Joʻrayev (ogʻir atletika).

Text to speech