15 Yanvar 2026
162
Los-Anjeles-2028: Chiptalar xaridi uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi
Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlarining tashkiliy qoʻmitasi boʻlajak musobaqa chiptalarini sotib olish uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanganini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻyinlarga chipta xarid qilishni istagan tomoshabinlar birinchi qadamda tizimdan roʻyxatdan oʻtishlari va unda oʻzlariga kerakli dasturlarni belgilashlari mumkin.
Jarayon joriy yilning 18-mart sanasiga qadar davom etadi. Bu 9-19-aprel kunlari amalga oshiriladigan birinchi sotuv jarayoni uchun asos boʻladi. Unda chipta egalari roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlov asosida ajratib olinadi. Tashkiliy qoʻmitaning maʼlum qilishicha, chiptalar 28 AQSh dollaridan boshlanadi.