“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi qizg‘in pallaga kirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 iyuldagi Farmoniga muvofiq barcha jarayonlar ishonchli va tizimli tashkil etilgan. Xususan, One ID orqali ro‘yxatdan o‘tishning ahamiyati shundaki, tashabbus egasining mualliflik huquqi taʼminlanadi.
Forumda g‘olib deb topilgan loyihalar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi;
moliyalashtiriladi va tijoratlashtiriladi;
butun respublikada joriy qilinadi.
Tashabbus mualliflari:
o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
istiqbolli kadrlar ro‘yxatiga kiritiladi;
10 - 50 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Forumga tashabbuslar yo‘llash davom etmoqda. Hech bir fikr eʼtibordan chetda qolmaydi. Forumda qatnashing.
To‘liq matn: asdr.gov.uz
Manba: Rasmiy axborot