24 Aprel 2026 111

Zarbdor tumanidagi sport maktablarining faoliyatiga nazar tashlandi

Ishchi guruh Jizzax viloyatiga amalga oshirayotgan tashrifini Zarbdor tumanida davom ettirdi. Mutasaddilar tumandagi sport maktablarida boʻlib, ushbu muassasalardagi sharoitlarni oʻrgandi.

Rasmiylar tashrif davomida yoʻlga qoʻyilgan sport toʻgaraklarining jadvali, mavjud sport obyektlarining holatini atroflicha oʻrganishdi. Ishchi guruh Zarbdor tumanidagi sport maktabida 110 oʻrinli yotoqxona qurish loyihasi bilan tanishdi.

Shuningdek, tuman yoshlari mehmonlarga taekvondo WT boʻyicha fleshmob namoyish etib, hududda sportga boʻlgan qiziqishning yuqori ekanini koʻrsatib berishdi.

Text to speech