14 Aprel 2026 186

Qamashi va Yakkabogʻ tumanlaridagi sport maktablarining faoliyati va yoshlar bilan ishlash samaradorligi oʻrganildi

Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyatining Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida hududning qator tuman va shaharlari oʻrganildi. Tashrif davomida sport maktablari hamda taʼlim muassasalarida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Oʻrganish ishlarida viloyat hokimi Murodjon Azimov mutasaddilarga hamrohlik qildi. Jumladan, Qamashi tumanidagi 52-sonli umumtaʼlim maktabi va “Nurli yoʻl” mahalla fuqarolar yigʻini, Yakkabogʻ tumanidagi 1-sonli sport maktabi koʻzdan kechirildi.

Mutaxassislar ishtirokida oʻtkaфzilgan muloqotlarda yosh sportchilarning mashgʻulotlar jadvali, sport maktablarida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, hududlarda 16-30 yosh oraligʻidagi aholini sportga yanada keng keng jalb etish rejalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida sport maktablarida boks, sport kurashlari, taekvondo va dzyudo kabi sport turlari boʻyicha Olimpiya, jahon va Osiyo chempionlari ishtirokida oʻtkazilgan mahorat darslari yoshlarga unutilmas taassurotlar bagʻishladi.

Text to speech