14 Aprel 2026
8
Shahrisabzlik yoshlarning sport bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi
Ishchi guruh oʻrganish ishlari davomida Shahrisabz shahriga ham tashrif buyurdi. Mutasaddilar Shahrisabz davlat pedagogika instituti hamda shahardagi 1-sonli texnikumda yoshlarning sport bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Oʻrganish davomida hududdagi “5 tashabbus Olimpiadasi” va “Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” musobaqalarini oʻtkazish, talaba yoshlarning qaysi sport bilan shugʻullanishlari uchun imkoniyatlar mavjudligi koʻrib chiqildi. Qolaversa, sport maktablari va u yerda shugʻullanayotgan yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi.