25 Yanvar 2026 83

Mehmonlar “Olimpiya shaharchasi” infratuzilmasiga yuqori baho berdi

Yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar Toshkent shahrida barpo etilgan “Olimpiya shaharchasi”ga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan zamonaviy infratuzilma va sport obyektlari faoliyati bilan tanishdilar. Mehmonlarga majmua imkoniyatlari, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda yirik musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif chog‘ida mehmonlar davlatimiz tomonidan sport sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida infratuzilma izchil ravishda kuchayib borayotgani, “Olimpiya shaharchasi”da yaratilgan sharoitlar esa xalqaro standartlarga to‘liq javob berishini alohida e’tirof etdilar. Ekspertlar mazkur majmua O‘zbekistonning yirik xalqaro sport tadbirlarini qabul qilishga to‘la tayyor ekanini yaqqol namoyon etishini ta'kidlashdi.

Text to speech