25 Fevral 2026
30
IJF Prezidenti Marius Vizer Oʻzbekistonga keldi
Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirining faxriy mehmoni — Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Prezidenti Marius Vizer poytaxtimizga yetib keldi. Martabali mehmonni Sport vazirligi, MOQ va mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbariyati kutib oldi.
Eslatib oʻtamiz, 27-fevral - 1-mart kunlari Toshkentda dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri oʻtkaziladi. Unda barcha qit’adan 400 nafarga yaqin sportchi bahs olib boradi.