7 Aprel 2026 95

Ixtiyor Botirov Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi

Bishkek shahrida tashkil etilayotgan (Qirgʻiz Respublikasi) sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatida dastlabki medal egalari aniqlandi. Quvonarlisi, bugungi kun dasturida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Oltin medalni -55 kg vazn toifasida kurashgan Ixtiyor Botirov keltirdi.

🥇 Oltin medal:
-55 kg: Ixtiyor Botirov

🥈 Kumush medal:
-130 kg: Rafael Sitsuashvili

🥉 Bronza medal:
-77 kg: Doniyorxon Nakibov

Saralash bellashuvlarida gilamga chiqqan yurtdoshlarimizdan Alisher Gʻaniyev final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, yana ikki nafar polvonimiz Abdumalik Aminov (-67 kg) va Shahzod Qoʻchqorov (-72 kg) ertaga bronza medali uchun kurashadigan boʻldi.

Text to speech