26 Yanvar 2026 67

Xalqaro sport tadbirlari mehmonlari Oʻzbekiston madaniy merosi bilan tanishmoqda

Toshkentda oʻtkazilayotgan nufuzli xalqaro sport tadbirlari doirasida poytaxtimizga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosi bilan ham yaqindan tanishmoqda. Dastur doirasida delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, ushbu majmuada namoyon etilgan noyob eksponatlar hamda tarixiy manbalar orqali mamlakatimizning koʻp asrlik maʼnaviy merosi haqida maʼlumot oldilar.

Tashrif chogʻida mehmonlarga Oʻzbekiston zaminida shakllangan ilmiy-maʼrifiy anʼanalar, buyuk allomalar merosi va ularning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi haqida batafsil tushunchalar berildi. Bunday madaniy-maʼrifiy tadbirlar xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda Oʻzbekistonning madaniy salohiyatini jahon hamjamiyatiga keng targʻib etishga xizmat qilishi mehmonlar tomonidan alohida taʼkidlab oʻtildi.

Text to speech