13 Fevral 2026 232

BAAdagi konkur turnirida yana bir gʻalaba

Konkur boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi BAAning Abu-Dabi shahrida tashkil etilayotgan “Al Khail square cup” musobaqasida yana bir muvaffaqiyatga erishdi. CSI2* tasnifidagi turnirda Bahromjon Gaziyev oltin medalga ega chiqdi.

Hamyurtimiz 130 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida “Santos Hippica” laqabli oti bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Undan keyingi oʻrinlarni Gretsiya hamda BAA sportchilari egallashdi.

Text to speech