26 Fevral 2026
79
Yana ikki qilichbozimiz qitʼa birinchiligida shohsupaga koʻtarilishdi
Indoneziyada davom etayotgan qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatidan yana bir xushxabar. Ortda qolgan kun ham terma jamoamiz vakillari 2 ta medalga sazovor boʻlishdi.
Yigitlar oʻrtasida kechgan sablya bahslarida Alpamis Oʻrakbayev kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Artur Begjanov bronza medaliga sazovor boʻldi.