3 Fevral 2026 81

Yosh sportchilarimiz Koreya Respublikasida tashkil etilgan “Dream Program” loyihasida ishtirok etishdi

Koreya Respublikasining Pxyonchxan shahrida qishki sport turlari bilan shugʻullanuvchi yosh atletlar uchun anʼanaviy tarzda “Dream Program” dasturi oʻtkazib kelinadi. Joriy yilda ham oʻzbekistonlik sportchilar ushbu loyihada ishtirok etib, oʻz mahoratlarini yanada oshirish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

13-yanvardan 3-fevralga qadar davom etgan dastur doirasida togʻ changʻisi va figurali uchish sport turlari boʻyicha jami 5 nafar yosh atletimiz qatnashdi. Eʼtiborlisi, hamyurtlarimiz loyiha ishtirokchilari oʻrtasida oʻtkazilgan turnirda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

Text to speech