7 Aprel 2026 101

Ikki kurashchimiz finalda, yana uch nafari bronza medali uchun kurashni davom ettiradi

Qirgʻiz Respublikasida start olgan sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatining dastlabki kuni yakuniga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasining 2 nafar vakili final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Qolgan 3 kurashchimiz esa bronza medali uchun kurashni davom ettirishadi.

Final:
-55 kg: Ixtiyor Botirov – Lalit (Hindiston)
-130 kg: Rafael Sitsuashvili – Amin Mirzazoda (Eron)

Bronza medali uchun:
-63 kg: Islomjon Bahromov – Xyunvong Choi (Koreya Respublikasi)
-77 kg: Doniyorxon Nakibov – Isami Xorikita (Yaponiya) / Kaxarman Kissimetov (Qozogʻiston)
-87 kg: Muhammadqodir Rasulov / Muhammad Sultonzonda (Tojikiston) – Kumar Sunil (Hindiston)

Bugungi kun dasturida saralash bahslarini oʻtkazadigan hamyurtlarimiz va ularning ilk raqiblari:

-60 kg: Alisher Gʻaniyev – Xaodong Tan (Xitoy) / Kurmanbek Japarov (Qirgʻiz Respublikasi)
-67 kg: Abdumalik Aminov – Man Gvan Son (KXDR)
-72 kg: Shahzod Qoʻchqorov – Doxun Lim (Koreya Respublikasi)
-82 kg: Aram Vardanyan – Ibragim Magomadov (Qozogʻiston)
-97 kg: Abduqodir Jalilov – Melis Aytbekov (Qirgʻiz Respublikasi)

Text to speech