Marius Vizer boshchiligidagi IJF jamoasi Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi
Bugun Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer boshchiligidagi IJF delegatsiyasi bugun poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”ga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi v mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbariyati kutib olib, majmuada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.
Mehmonlar shaharcha hududida oʻtkazilayotgan musobaqa va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini kuzatib, yosh sportchilar bilan muloqot qildi. Shuningdek, ularga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu majmuaning imkoniyatlari va kelgusidagi rejalari haqida maʼlumot berildi.
Tashrif doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv ham boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston va IJF oʻrtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.