12 Fevral 2026 363

Daniil Yeybog 1500 metr masofada ham ishtirok etadi

Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir litsenziya qoʻshildi. Xalqaro konkichilar ittifoqi musobaqa dasturlari kesimida litsenziyalar taqsimotini qayta amalga oshirdi va unda hamyurtimiz Daniil Yeybog 1500 metr masofada ham ishtirok etishi tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Yeybogning mazkur masofadagi starti 14-fevral kuniga belgilangan. Shuningdek, u 500 metr masofada ham yoʻllanma sohibi hisoblanadi.

Text to speech