24 Mart 2026 95

“Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarining yangi mavsumiga start berildi

Bugun mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” musobaqalarining 2026-yilgi mavsumi rasman boshlandi. Poytaxtimizdagi “Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyi”da mazkur tadbirga ramziy start berish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati ishtirok etdi. Jarayonni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shuningdek, barcha viloyat, shahar va tuman hokimliklari, sport boshqarmalari rasmiylari onlayn kuzatib bordi. 2026-yilgi mavsum yanada takomillashtirilgan uch bosqichli tizimda o‘tkaziladi: tuman va shahar hokimi Olimpiadasi, hududiy bosqich hamda “Prezident Olimpiadasi”. Bugundan boshlab birinchi bosqich — tuman va shahar hokimi Olimpiadasi doirasida respublikamizning barcha hududlarida bellashuvlar boshlandi. Unda sport maktablari, umumta’lim muassasalari, xususiy sport klublari va murabbiylar tarbiyalagan yoshlar faol ishtirok etmoqda.

Text to speech