2 Mart 2026 62

Kun dayjesti: “Stranja”da bokschilarimiz tengsiz, “Katta dubulgʻa”da uchinchi boʻldik, yosh xokkeychilarimiz JChda

🥊 Bokschilarimiz “Stranja”da yana birinchi boʻlishdi

Bolgariya poytaxtida boks boʻyicha “Stranja” turniri oʻz yakuniga yetdi. “Kichik jahon chempionati” nomini olgan mazkur musobaqaning bu yilgi bahslarida ham Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bokschilarimiz turnirda 7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza, jami 17 ta medal jamgʻarishdi.

🥇 Oltin:
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
-90 kg: Toʻrabek Xabibullayev
-48 kg: Sabina Boboqulova
-57 kg: Nigina Oʻktamova
-65 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova

🥈 Kumush:
-80 kg: Javohir Ummataliyev
+90 kg: Ozodbek Aliyev
-51 kg: Feruza Kazakova
+90 kg: Oltinoy Sotimboyeva

🥉 Bronza:
-50 kg: Asilbek Jalilov
-70 kg: Shavkatjon Boltayev
-85 kg: Norbek Abdullayev
-90 kg: Samir Sobirov
-48 kg: Farzona Fozilova
-80 kg: Ruxshona Parpiyeva

🥋 Dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi boʻlishdi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkent “Katta dubulgʻa“ turnirini 8 ta medal bilan yakunladi. 3 kun davom etgan shiddatli bahslarda hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida Yaponiya va Ozarbayjondan keyin 3-oʻrinni egallashdi. Gʻolib va sovrindorlar:

🥇 Oltin:
-57 kg: Shukurjon Aminova

🥈 Kumush:
-73 kg: Shahram Ahadov
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
+100 kg: Alisher Yusupov

🥉 Bronza:
-60 kg: Doston Roʻziyev
-73 kg: Elbek Tojiyev
-81 kg: Murodjon Yoʻldoshev
+78 kg: Umida Nigʻmatova

🏒 Yosh xokkeychilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi

Bugun Gonkongda xokkey boʻyicha U18 yosh toifasidagi jahon chempionatining 3-divizion, A guruhidan oʻrin olgan bellashuvlar boshlanadi. Mazkur guruhda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bugun jamoamiz dastlabki turni mezbonlarga qarshi oʻtkazishadi. Shuningdek, yigitlarimiz musobaqa davomida Bolgariya, Isroil, Turkiya va Yangi Zelandiya bilan ham bahs olib borishadi.

Text to speech