16 Fevral 2026 63

Kun dayjesti: Nazarov va Yeybogda ikkinchi chiqish, dzyudochilarimiz Sloveniyada ikkinchi, yengil atletikachilarimiz Qozogʻistonda 4 ta medal jamgʻarishdi

🏆 Bugun Nazarov va Yeybogga muxlislik qilamiz

Bugun sportchilarimiz Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroklarini davom ettirishadi. Medet Nazarov Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da togʻ changʻisining slalom dasturida startga chiqadi. Shuningdek, short-trekchimiz Daniil Yeybog 15:20 da boshlanadigan 500 metr masofadagi saralash bahsini oʻtkazadi.

🏃‍♂️ Yengil atletikachilarimiz xalqaro turnirda 4 ta medalga sazovor boʻlishdi

Qozogʻistonning Ust-Kamenogorsk shahrida yengil atletika boʻyicha Olimpiada chempioni Olga Ripakova sovrini uchun xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 3 ta oltin va 1 ta kumush medalga ega chiqishdi.

🥇 Oltin medal:
Barno Sayfullayeva (balandlikka sakrash)
Jonbibi Hukmova (400 metr)
Sulton Gʻofurjonov (60 metr)

🥈 Kumush medal:
Ergash Normurodov (60 metrga toʻsiqlar osha yugurish)

🥋 Dzyudochilarimiz Sloveniyada ikkinchi boʻlishdi

14-15-fevral kunlari Sloveniya poytaxtida dzyudo boʻyicha Yevropa ochiq kubogi tashkil etildi. Unda dzyudochilarimiz 2 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan 44 mamlakat orasida umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallashdi.

🥇 Oltin medal:
Samariddin Qoʻchqorov (-60 kg)
Dilshodbek Hamroyev (-66 kg)

🥉 Bronza medal:
Elbek Tojiyev (-73 kg)
Alisher Samanov (-90 kg)
Muhammadali Tangriyev (-100 kg)

Text to speech