5 Yanvar 2026 151

Kun dayjesti: Dzyudochilarimiz Avstriyaga yoʻl olishdi, Saudiyada U23 Osiyo kubogi boshlanmoqda

Dzyudochilarimiz Avstriya yigʻiniga joʻnab ketishdi

Bugun tongda dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Avstriyaning Mitterzil shahriga yoʻl oldi. Hamyurtlarimiz ushbu shaharda xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etishadi. 12-yanvarga qadar oʻtishi koʻzda tutilgan mashgʻulotlarda dunyoning koʻplab mamlakatlaridan tashrif buyuradigan terma jamoalar yilning dastlabki yigʻinida jam boʻladi.

Saudiya Arabistonida futbol boʻyicha U23 Osiyo kubogi boshlanmoqda

6-24-yanvar kunlari Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz ham qatnashadi. Turnirda yangi Olimpiya terma jamoasini shakllantirish maqsadida U21 yosh toifasidagi jamoamiz ishtirok etadi. “В” guruhidan oʻrin olgan hamyurtlarimiz Livan (7-yanvar), Eron (10-yanvar) va Janubiy Koreya (13-yanvar) bilan pley-off bosqichi yoʻllanmasi uchun kurash olib borishadi.

Text to speech