13 Mart 2026
64
Chusovitina hamda Mirvaliyev finalda
Turkiyada oʻtkazilayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bosqichining dastlabki kuni ortda qoldi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 2 nafar aʼzosi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Oksana Chusovitina tayanib sakrash (13.083 ball), Abdulaziz Mirvaliyev esa erkin mashq (13.533) dasturida kuchli sakkizlikdan joy olishdi. Endi ular ertaga medallar uchun kurash olib borishadi. Shuningdek, bugun ikkinchi kun saralash bahslari boʻlib oʻtadi.