Bugun PWL11 turniri oʻtkaziladi
Bugun “Humo arena”da sport kurashlari boʻyicha PWL11 musobaqasi tashkil etiladi. Mazkur turnida 15 mamlakatdan taniqli kurashchilar ishtirok etishadi. Ular orasida Zaurbek Sidakov, Zaur Uguyev (ikkalasi Rossiya), Luis Sanches (Kuba), Razambek Jamalov (Oʻzbekiston) Nao Kusaka (Yaponiya) kabi Olimpiada chempionlari, Akjol Mahmudov (Qirgʻiz Respublikasi), Kota Takaxashi (Yaponiya), Aytjan Xalmaxanovdek (Oʻzbekiston) jahon chempionlarini uchratish mumkin. Kechada qatnashadigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-97 kg: Sherzod Poyonov – Zelimxan Minkaliov (Rossiya)
-57 kg: G’ulomjon Abdullayev – Anzor Majidov (Rossiya)
-57 kg: G’ulomjon Abdullayev – Abubakar Mutaliev (Rossiya)
-60 kg: Alisher G’aniyev – Sadik Lalaev (Rossiya)
-70 kg: Umidjon Jalolov – Tulga Tumur-Ochir (Moʻgʻuliston)
-74 kg: Mirzo Hayitov – Inalbek Sheriev (Rossiya)
-59 kg: Layloxon Sobirova –Sezim Jumanazarova (Qirgʻiz Respublikasi)
-67 kg: Aytjan Xalmahanov – Luis Alberto (Kuba)
-74 kg: Razambek Jamalov – Ibragim Veliev (Belgiya)
Bellashuvlar soat 18:00 dan boshlanadi. Turnir davomida jami 24 ta bellashuv boʻlib oʻtadi. Hamyurtlarimizning tartibi kardlar ketma-ketligi boʻyicha koʻrsatilgan.