4 Aprel 2026
64
Bekzod Qurbonov Jahon kubogining finaliga tayyorlanmoqda
8-12-aprel kunlari AQShning Fort-Uert shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogining final bosqichi boʻlib oʻtadi. Dunyoning eng kuchli 36 sportchisi ishtirok etadigan mazkur musobaqada yurtdoshimiz Bekzod Qurbonov ham qatnashadi.
Sportchimiz hozirda AQSHga yetib borgan va “Matts VG” laqabli tulpori bilan musobaqaga soʻnggi tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib bormoqda. Qayd etish joiz, ushbu turnirda sportchilar 160 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash boʻyicha bahs olib borishadi.