28 Mart 2026 173

Bahodir Toshmatov Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi etib saylandi

Bugun Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylandi va ustuvor rejalar koʻrib chiqildi.

Tadbirda delegatlar tomonidan federatsiya raisligiga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni Toshmatov Bahodir Hamidovich nomzodi ilgari surildi. Nomzod bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi va B.Toshmatov mamlakat kamondan otish federatsiyasi raisi etib saylandi.

Konferensiya davomida ushbu sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish va ommalashtirish, sportchilarimizni joriy yil kutib turgan nufuzli musobaqalarga puxta tayyorlashga doir istiqbolli rejalar koʻrib chiqildi.

Text to speech