8 Aprel 2026
135
Alisher Gʻaniyev Osiyo chempioni, Shahzod Qoʻchqorovda bronza
Sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatining bugungi kun bellashuvlari ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. Yunon-rum kurashi bellashuvlarida yurtdoshlarimiz 1 tadan oltin va bronza medallariga ega chiqishdi.
-60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Alisher Gʻaniyev finalda KXDR vakili Se Ung Rini magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻldi. Shuningdek, bronza medali uchun bahsda -72 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shahzod Qoʻchqorov yaponiyalik Taishi Narikunidan ustun keldi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.