16 Aprel 2026
181
Ayubxon Nabiyev jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi
Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz yana bir medalga sazovor boʻldi. Yigitlar oʻrtasidagi -68 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda finalgacha yetib borgan Ayubxon Nabiyev kumush medal sohibiga aylandi.
Sportchimiz musobaqa davomida Bolgariya, Marokash, Koreya Respublika, Qozogʻiston vakillarini magʻlubiyatga uchratdi. Biroq hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik Ismail Ismailovga imkoniyatni boy berib qoʻydi.