4 Avgust 2021 1424

Javrail Shapiyev Olimpiada va jahon chempioniga qarshi kurashdi

Erkin kurashchilarimiz ham Tokio-2020 dasturidagi ishtirokini boshlashdi. Ular orasida dastlab Javrail Shapiyev gilamga chiqdi.

Raqib Rio-2016 Olimpiadasi va ikki karra jahon chempioni eronlik Hasan Yazdani bo‘ldi. Shapiyev tajribali raqiga qarshi munosib kurashdi. Biroq Yazdani yakunda g‘alaba qozonib, keyingi davraga yo‘l oldi. Endi eronlik kurashchi finalga yetib borgan taqdirda Shapiyev bronza medali uchun kurashish imkonini saqlab qoladi.

Text to speech