3 Avgust 2021
1702
Kanoechi qizlarimiz startga shay
Ertadan kanoechilarimiz Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova ham Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi. Vakillarimiz dastlab ertaga yakkalik bahslarida saralash dasturida ishtirok etishadi.
Bugun vakillarimiz Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan kanalda mashg‘ulotlarni yakunlashdi. Hamyurtlarimiz o‘zlarining eng yuqori sport formasiga chiqishdi va yangi marra uchun shay turibdilar.
Eslatib o‘tamiz, har ikki vakilamiz kanoe sportida Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan ilk qizlarimiz hisoblanishadi. Shuningdek, ular juftlik dasturida ham medallar uchun kurashda qatnashishadi.